Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Axrorova ilmiy seminardan muvaffaqiyatli o‘tdi
"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Axrorova falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yo‘lidagi ilmiy seminardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Mazkur natija olimaning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, tinimsiz mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yana bir yorqin e’tirofidir.
Universitet jamoasi Nargiza Axrorovani ushbu muhim ilmiy bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tgani bilan samimiy tabriklaydi hamda dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishini, ilmiy faoliyatida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishini, mustahkam sog‘liq, cheksiz ilhom va ilmiy-pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Nargiza Axrorovaga kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi marralar, yuksak e’tiroflar va barcha ezgu maqsadlari ro‘yobga chiqishini tilab qolamiz!