“Ilmiy loyihalarda ishtirok etish va g‘olib bo‘lish jarayonlari” mavzusida seminar tashkil etildi
Universitetimizda “Ilmiy loyihalarda ishtirok etish va g‘olib bo‘lish jarayonlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davomida talabalar, magistrantlar va yosh tadqiqotchilar ilmiy loyihalarda samarali ishtirok etish hamda grant va tanlovlarda g‘olib bo‘lish bo‘yicha muhim bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Seminar dasturi doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar yoritib berildi:
ilmiy loyihalarning ahamiyati va ularda ishtirok etishning afzalliklari;
grantlar, ilmiy tanlovlar va innovatsion loyihalar turlari;
loyiha e’lonlarini (call) to‘g‘ri tushunish va tahlil qilish;
samarali loyiha g‘oyasini shakllantirish usullari;
kuchli loyiha taklifini (proposal) ishlab chiqish bosqichlari;
jamoa shakllantirish va rollarni to‘g‘ri taqsimlash;
muvaffaqiyatli loyiha yozish strategiyalari va keng tarqalgan xatolar;
baholash mezonlari va ekspertlar talablari;
loyihani topshirish jarayoni va undan keyingi bosqichlar.
Shuningdek, seminar davomida muvaffaqiyatli loyiha misollari tahlil qilinib, g‘oliblikka erishishda muhim omillar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar, foydali vositalar va resurslar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.