“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari va talabalari Xitoyda o‘tkazilayotgan Xalqaro yozgi maktab dasturida ishtirok etmoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari, talabalari hamda tadqiqotchilari Xitoyning Shanghai Business School tomonidan tashkil etilgan “International Summer School Program – International Workshop on Tourism and Hospitality Management” xalqaro yozgi maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
2026-yil 10-iyuldan 27-avgustgacha davom etadigan mazkur dastur ishtirokchilarga xitoy tili, tarixi, madaniyati hamda turizm va mehmondo‘stlik sohasidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkonini bermoqda. Dastur davomida ishtirokchilar ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv seminar-treninglarda qatnashish bilan birga, turli madaniy hamda akademik almashinuv tadbirlarida ham faol ishtirok etmoqda.
Xalqaro yozgi maktab dasturi talaba va tadqiqotchilar uchun dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan tajriba almashish, xalqaro dunyoqarashini kengaytirish, akademik va kasbiy salohiyatini oshirish hamda turizm, mehmondo‘stlik va oliy ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.