Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“REKTOR KUBOGI – 2026”: SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILMOQDA!

15.10.2026 1 daq o'qish 101

“REKTOR KUBOGI – 2026”: SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILMOQDA!

Universitetimizda 2026-yil 16–24-oktabr kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

🏆 Musobaqalar quyidagi sport turlari bo‘yicha tashkil etiladi:

🏊‍♂️ Suzish
📍 Manzil: Universitet suzish havzasi
🗓 Sana: 17-oktabr — saralash va final bosqichlari.

🏸 Badminton
📍 Manzil: Universitet sport zali
🗓 19-oktabr — saralash bosqichi.
🗓 23-oktabr — yarim final va final bosqichlari.

♟ Shaxmat
📍 Manzil: Universitet foyesi
🗓 20-oktabr — saralash bosqichi.
🗓 22-oktabr — yarim final va final bosqichlari.

🏓 Stol tennisi
📍 Manzil: Universitet sport zali
🗓 21-oktabr — saralash bosqichi.
🗓 22-oktabr — yarim final va final bosqichlari.

⚽️ Mini-futbol
📍 Manzil: Talabalar turar joyi mini-futbol maydoni.
🗓 24-oktabr — saralash va final bosqichlari.
📍 Xarita: https://yandex.uz/maps/-/CXBN5M9M

⏰ MUSOBAQALAR VAQTI
Saralash bosqichlarida ishtirok etuvchi talabalar uchun:
1-kurslar: soat 10:00 da.
2-, 3- va 4-kurslar: soat 14:00 da.

❗️ DIQQAT! Barcha kurslar talabalari uchun yarim final va final o‘yinlari belgilangan kunlarda soat 14:00 da boshlanadi.

📁 Musobaqalar jadvali:
https://docs.google.com/document/d/1pqlt_TTstYZsI06EmohSSPZVQ6BjyJ3z/edit?usp=sharing&rtpof=true&sd=true

⚠️ ISHTIROKCHILAR UCHUN ESLATMA
Musobaqalarga sport kiyimida kelish talab etiladi.
Ishtirok etish uchun universitet Sport klubi xodimlariga yoki o‘z tyutoringizga murojaat qiling.

💪 Aziz talabalar! O‘z kuchingiz, chaqqonligingiz va mahoratingizni namoyon etish, yangi marralarni zabt etish hamda universitet chempioni bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Barchangizni “Rektor kubogi – 2026” sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Ulashish: