Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

QUARTZ: OLIY TA’LIMDA SIFATNI TA’MINLASH YO‘LIDA 2,5 YILLIK ISLOHOTLAR

15.10.2026 1 daq o'qish 103

QUARTZ: OLIY TA’LIMDA SIFATNI TA’MINLASH YO‘LIDA 2,5 YILLIK ISLOHOTLAR

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sifatni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va universitetlar faoliyatini mehnat bozori talablariga moslashtirishga qaratilgan QUARTZ xalqaro loyihasi izchil davom etmoqda.

QUARTZ (Quality Assurance for Reform and Transformation of Higher Education Institutions in Uzbekistan) — Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi oliy ta’lim salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro loyiha hisoblanadi.

Universitetimiz QUARTZ loyihasining faol hamkorlaridan biri sifatida oliy ta’limda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda akademik va ma’muriy xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarda ishtirok etmoqda.

📌 LOYIHA RAQAMLARDA
🗓 Amalga oshirish muddati: 2024-yil aprel – 2027-yil mart.
🌍 Hamkorlar: O‘zbekiston, Italiya va Bolgariyadan 6 ta universitet.
📊 Ish yo‘nalishlari: 7 ta ish paketi.
💶 Moliyalashtirish: Yevropa Ittifoqi tomonidan 308 137 yevro.

🎯 LOYIHANING ASOSIY MAQSADLARI
QUARTZ loyihasi oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirish va universitetlarning institutsional salohiyatini mustahkamlashni ko‘zda tutadi. Xususan, loyiha doirasida:
1️⃣ Sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish, raqamli savodxonlik va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
2️⃣ Oliy ta’limni rivojlantirishda akademik va ma’muriy xodimlarning salohiyatini oshirish.
3️⃣ Universitetlarning raqobatbardoshligi va ijtimoiy hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi sifat strategiyalari, tartib-taomillari va vositalarini ishlab chiqish.
4️⃣ Universitet boshqaruvini modernizatsiya qilish hamda sifatni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini kuchaytirish.
5️⃣ Hamkorlar o‘rtasida barqaror sifatni ta’minlash tarmog‘ini shakllantirish.

🗺 XALQARO HAMKORLIKNING MUHIM MANZILLARI
Loyiha doirasidagi hamkorlik uchrashuvlari va tadbirlar Varna, Urganch, L’Aquila, Samarqand va Toshkent shaharlarida tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun bilim va tajriba almashishga qaratilgan treninglar hamda sifat strategiyalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazildi.

🤝 XALQARO HAMKORLAR
Loyiha konsorsiumi quyidagi oliy ta’lim muassasalarini birlashtiradi:

Tashkent Kimyo International University — loyiha koordinatori;
Central Asian University;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali;
L’Aquila universiteti (Italiya);
Varna menejment universiteti (Bolgariya).

Universitetimizning ushbu xalqaro tashabbusdagi ishtiroki oliy ta’lim sifatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Batafsil ma’lumot: https://quartzuz.uz

Ulashish: