O‘ZBEKISTON VA MALAYZIYA: TA’LIM SOHASIDA YANGI HAMKORLIK
Perlis valiahd shahzodasi, Perlis Islom dini va Malay urf-odatlari kengashi (MAIPs) raisi, Tuanku Syed Sirajuddin Xalqaro Islom Universiteti (UniSIRAJ) kansleri Janobi Oliylari Tuanku Syed Faizuddin Putra Ibni Tuanku Syed Sirajuddin Jamalullail boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar universitetning ta’lim infratuzilmasi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan tanishdilar. Shuningdek, Janobi Oliylari universitetda tahsil olayotgan Malayziyalik talabalar bilan muloqot qildi.
Tashrif doirasida universitetimiz va Tuanku Syed Sirajuddin Xalqaro Islom Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
Mazkur kelishuv doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik, ilmiy-tadqiqot faoliyati, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.