Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ona tilim — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz!

21.10.2026 1 daq o'qish 57

Ona tilim — milliy o‘zligimiz va ma’naviy boyligimiz!

21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan universitetda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada yuksaltirish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda o‘zbek tili milliy o‘zligimiz, xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosini aks ettiruvchi bebaho qadriyat ekanligi alohida ta’kidlandi. Universitet rektori M. Xolmuxamedov ona tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va o‘zbek tili xususiyatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodiga murojaat qilinib, uning g‘azallari ijro etildi. Mohir doirachilar va dutorchilar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar yangradi, milliy o‘lanlar hamda jozibali raqslar namoyish etildi.
Milliy san’at va adabiyot uyg‘unligida o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, o‘zbek tilining go‘zalligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Galereya

Ulashish: