Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

INNOWEEK–2026: XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI

21.10.2026 1 daq o'qish 64

INNOWEEK–2026: XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI

Joriy yilning 22–29-oktabr kunlari O‘zbekistonda “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur haftalik ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirlar quyidagi sanalar va manzillarda tashkil etiladi:
22–26-oktabr — Samarqand shahri
Haftalik doirasidagi hududiy tadbirlar Samarqand Yoshlar texnoparkida bo‘lib o‘tadi.
27–29-oktabr — Toshkent shahri
Toshkent shahridagi tadbirlar CAEx ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etiladi.

Haftalik dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan:
Xalqaro ilmiy-innovatsion forumlar;
Innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar ko‘rgazmalari;
Startap loyihalar taqdimotlari;
Ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.
Shu munosabat bilan, universitetimiz professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va talabalarini “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Tadbirlar dasturi va ishtirok etish shartlari bilan quyidagi rasmiy havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://innoweek.uz/uz

Ulashish: