Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: talabalar mehmonxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar
Joriy yilning 21-oktabr kuni universitetimiz Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova TH-226 guruhi talabalari bilan birgalikda Amar Hotel mehmonxonasiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talabalar mehmonxonada mehmonlarni kutib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va check-in jarayonlarida qo‘llaniladigan E-Mehmon tizimi, mehmonxona boshqaruv tizimlari (PMS) va boshqa raqamli platformalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlarni ro‘yxatga olish bosqichlari, zarur ma’lumotlarni tizimga to‘g‘ri kiritish, mehmon hujjatlari bilan ishlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Mazkur tashrif talabalarga mehmonxona reseptioni faoliyatini bevosita kuzatish, mehmonlarni ro‘yxatga olish jarayonlarini tahlil qilish va raqamli texnologiyalarning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishdagi ahamiyatini anglash imkonini berdi.