Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

2025-yil 16-aprel kuni universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha maxsus vakili va bosh muzokarachisi Azizbek Urunov ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

17.04.2025 1 daq o'qish 16

2025-yil 16-aprel kuni universitetimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha maxsus vakili va bosh muzokarachisi Azizbek Urunov ishtirokida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’ruza  "Jahon savdo tashkiloti haqida qisqacha" mavzusiga bagishlanib, JSTga azo bolish jarayoni, muzokaralar bosqichlari hamda Ozbekistonning bu yonalishdagi strategik yondashuvlari yuzasidan dolzarb masalalarni yoritib berdi.

Tadbir Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov moderatorligida tashkil etildi. Ma’ruza davomida tinglovchilar JST bilan hamkorlikning afzalliklari, milliy iqtisodiyotga ta’siri va O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi o‘rni borasida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu akademik uchrashuv talabalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar va global savdo tizimi haqidagi bilimlarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Galereya

Ulashish: