Tadbir doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Italiyalik hamkor oliygohi Ka Foscari Venetsiya Universiteti hududlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Prof. Antonio Marcomini bilan yangi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar shuningdek, bakalavr bosqichida turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish masalalari o‘rganib chiqildi.
Mazkur tashrif va muzokaralar ikki tomonlama taʼlim va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda turizm sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilishi kutilmoqda.