Xorijiy talabgorlar uchun magistraturaga qabul suhbatlari boshlandi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan xorijiy talabgorlar bilan qabul suhbatlari boshlandi. Suhbatlarda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Badarch Dendev hamda tegishli mas’ullar ishtirok etmoqda.
Joriy qabul mavsumida universitet magistraturasida tahsil olish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan ko‘plab nomzodlar hujjat topshirdi. Dastlabki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar suhbatga taklif etilmoqda.
Suhbat davomida nomzodlarning akademik tayyorgarligi, tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha bilim va qiziqishi, motivatsiyasi, ingliz tilini bilish darajasi hamda xalqaro ta’lim muhitida tahsil olishga tayyorligi baholanmoqda.
Mazkur qabul jarayoni xorijiy yoshlar orasida universitetimizda tahsil olishga qiziqish yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.