30.09.2026
1 daq o'qish
260
“Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
“Go‘zal va mo‘tabar qizlarim – oilangizga va sulolangizga munosib bo‘ling!” shiori ostida 30-sentabr kuni universitetimizda “Mening oilam – muqaddas maskanim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda talaba-qizlarga oilaning inson hayoti va jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda kelajakdagi oilaviy hayotga mas’uliyat bilan yondashish masalalari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida xalqimizning baxt va farovonlik haqidagi qarashlarida oila totuvligi va mustahkamligi muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit er-xotin va farzandlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, ahillik va hamjihatlikni ta’minlashda muhim omil ekani qayd etildi.