06.07.2026
1 daq o'qish
34
Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi magistrantlarining turizm va mehmondo‘stlik, menejment, muzeyshunoslik hamda arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Himoya jarayonlarida magistrantlar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalari, ilmiy yangiliklari va amaliy tavsiyalarini Attestatsiya komissiyasi a’zolari huzurida taqdim etmoqda.
Bitiruvchi magistrantlarga magistrlik dissertatsiyalari himoyalarida muvaffaqiyat tilaymiz!