Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

MAGISTRATURA BITIRUVCHILARIGA TANTANALI RAVISHDA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

13.07.2026 1 daq o'qish 29

MAGISTRATURA BITIRUVCHILARIGA TANTANALI RAVISHDA DIPLOMLAR TOPSHIRILDI

Bugun, 2026-yil 13-iyul kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro  universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov kirish so‘zi bilan ochib, bitiruvchilarni magistrlik darajasini qo‘lga kiritganliklari bilan samimiy tabrikladi. Rektor o‘z nutqida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash universitetning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidlab, yosh mutaxassislarga kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda universitet magistratura ta’lim yo‘nalishini jami 181 nafar talaba tugatgan bo‘lib, shundan 86 nafar xorijlik talabalar hisoblanadi. Tadbirda oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov imzosi bilan farzandlarining ta’lim olishi va kamol topishida munosib hissa qo‘shgan ota-onalarga  tashakkurnomalar topshirildi. Marosim davomida bitiruvchilar ularning ota-onalari ham so‘zga chiqib, universitetda o‘tgan yillar davomida orttirgan bilim va tajribalari, ustozlarning qo‘llab-quvvatlovi hamda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishida muhim o‘rin tutganini qayd etdilar. Ular professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasiga minnatdorlik bildirdilar.

Ko‘tarinki ruhda, quvonch va hayajonga boy bo‘lgan bitiruv marosimi unutilmas lahzalarga aylandi. Tadbir yakunida bitiruvchilarga kelgusidagi ilmiy izlanishlari va kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, diplomlar topshirildi.

Universitet jamoasi ham barcha magistratura ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarini ushbu muhim yutuq bilan muborakbod etadi va yangi marralar, ulkan zafarlar tilaydi!

Galereya

Ulashish: