11.09.2026
1 daq o'qish
13
“Marketingga kirish” fanidan uslubiy qo‘llanma chop etildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Nodira Muhammadieva tomonidan tayyorlangan “Marketingga kirish” fanidan uslubiy qo‘llanma chop etildi.
Mazkur uslubiy qo‘llanmada marketingning asosiy tushunchalari, tamoyillari va zamonaviy yondashuvlari izchil hamda tushunarli tarzda yoritilgan. Shuningdek, unda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi mavzular, savol va topshiriqlar o‘rin olgan. Uslubiy qo‘llanma talabalarning marketing bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlash, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda olgan bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llashlariga ko‘maklashishga qaratilgan.