Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

02.10.2026 1 daq o'qish 266

“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, robototexnika va innovatsion yo‘nalishlarga qiziqishini oshirish maqsadida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika innovatsion tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, dasturiy ta’minot, mobil ilova, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, kiberxavfsizlik, veb-ishlanmalar, aqlli qurilmalar va IoT yechimlari hamda avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘nalishlarida 8 nafar talaba-qiz g‘olib deb topilib, keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Universitetimiz talaba-qizlarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi bosqichda ularga omad tilaymiz.

Galereya

Ulashish: