“IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI
28-sentabr kuni universitetimizda talaba-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etishga qaratilgan "IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar" respublika innovatsion tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — talaba-qizlarni zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, mexatronika va robototexnika kabi istiqbolli yo‘nalishlarga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov davomida ishtirokchi talaba-qizlar o‘zlarining innovatsion loyihalari, kreativ ishlanmalari, zamonaviy IT yechimlari va texnologik g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.
“IT Queens” tanlovi yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, innovatsion va kreativ fikrlashini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.