Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Istiqlol yo‘lida fido bo‘lganlar xotirasi: “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan ma’rifiy dars bo‘lib o‘tdi

08.09.2026 1 daq o'qish 46

Istiqlol yo‘lida fido bo‘lganlar xotirasi: “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan ma’rifiy dars bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimiz mustaqilligining qutlug‘ bayrami munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Kelajak soati” rukni ostida tashkil etilgan “Mustaqillik soati” darslari bu gal Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda universitet dekani N.Xushvaqtov ma’ruza qilib, xalqimiz ozodligi va mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida fido bo‘lgan ma’rifatparvar ajdodlarimiz hamda qatag‘on qurbonlarining jasorati, ularning ma’naviy merosi haqida atroflicha to‘xtaldi. Ta’kidlanganidek, bugungi tinch va osuda kunlarimizning qadriga yetish, milliy o‘zlikni anglash va istiqlol ne’matini asrab-avaylashda ushbu tarixiy saboqlar muhim o‘rin tutadi.
Amaliy mashg‘ulot va samimiy muloqot tarzida o‘tgan dars davomida talaba-yoshlar qatag‘on yillarining ayanchli sahifalari hamda ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’rifiy meros xususida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Galereya

Ulashish: