22.10.2026
1 daq o'qish
51
Universitetda stol tennisi bo‘yicha fakultetlararo musobaqa o‘tkazildi
2026-yil 21-oktyabr kuni universitetimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “Chorshanba — sport kuni” doirasida ommaviy sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha fakultetlararo II bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada universitet talabalari o‘zaro bellashib, stol tennisi bo‘yicha mahorat va mahoratlarini, tezkorlik hamda chaqqonliklarini namoyon etdilar. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishi va jismoniy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.