“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakili ORHUN dasturi doirasida Turkiyada
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi o‘qituvchisi Mardonova Dilrabo Shirinboyevna 2026-yil 14–26-sentabr kunlari Turkiya Respublikasining Balıkesir universitetida ORHUN almashinuv dasturi doirasida ishtirok etdi.
Dastur doirasida universitet talabalari uchun turizm yo‘nalishida ma’ruzalar tashkil etilib, ularga O‘zbekistonning boy tarixi, madaniy merosi, turistik salohiyati va mashhur sayyohlik maskanlari haqida ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulotlar davomida talabalar O‘zbekiston turizmi bilan yaqindan tanishish, o‘zaro fikr almashish va yangi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur akademik tashrif ikki davlat universitetlari o‘rtasida bilim va tajriba almashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda turizm ta’limi sohasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim amaliy tajriba bo‘ldi.