“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida giyohvandlik va narkojinoyatga qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida profilaktik tadbir tashkil etildi.
"Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish" mavzusida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda universitet profilaktika inspektori S.Isakulov 1-kurs talabalari bilan muloqot qildi. Tadbir davomida talabalarga quyidagi muhim masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi:
Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari: Giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiyati va kelajagiga yetkazadigan zararlari.
Qonunchilikdagi javobgarlik: Narkotik vositalarning noqonuniy muomalasi va tarkatish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun belgilangan huquqiy oqibatlar.
Kiber-xavfsizlik va hushyorlik: Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarni turli noqonuniy guruhlarga jalb qilish tuzoqlaridan ogoh bo‘lish qoidalari.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga profilaktika inspektoridan batafsil javoblar olishdi. Yoshlarni ushbu illatga qarshi murosasiz bo‘lishga hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga chaqirildi.