9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bir guruh talaba-yoshlari Samarqand shahrida joylashgan Motamsaro ona haykali xotira maydonida bo‘lishdi.
Talaba-yoshlar bu yerda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ismi, familiyasi yozilgan lavhalar bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda talabalarga urushga borib mardlarcha halok bo‘lgan jasur ajdodlarimiz haqida gapirib berishdi.