I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi ishtirokchilari universitetimiz faoliyati bilan tanishdi
1-oktabr kuni forum ishtirokchilari universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif davomida xalqaro delegatsiya vakillari universitet faoliyati, ta’lim jarayoni hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlarga universitetning sport infratuzilmasi namoyish etilib, zamonaviy sport zallari, suzish havzalari va talabalar sporti uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif davomida universitetda talabalar sportini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xalqaro tajriba almashish borasidagi imkoniyatlar ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Mazkur tashrif I Markaziy Osiyo talabalar sporti xalqaro forumi doirasida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, talabalar sportini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni almashish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.