Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi guruh bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

29.09.2026 1 daq o'qish 198

Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi guruh bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Universitetimizda gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi 7-guruh tinglovchilari uchun o‘quv jarayoni yakunlanib, bitiruvchilarga “Gid-ekskursovodlik” diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur kursda qatnashchilar 16 hafta davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar asosida tahsil oldilar.

Ta’lim jarayonlari sohada katta tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, malakali gidlar hamda turizm yo‘nalishidagi mutaxassislar tomonidan olib borildi. Kurs davomida nafaqat nazariy bilimlarni, balki kasbiy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

Amaliy mashg‘ulotlar doirasida Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy meros obyektlari bilan bevosita tanishib, olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Galereya

Ulashish: