Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetda Talabalar Parlamenti Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tmoqda

15.05.2026 1 daq o'qish 25

Universitetda Talabalar Parlamenti Prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tmoqda

Bugun 15-may kuni universitetda Talabalar Parlamenti Prezidentligiga saylov jarayonlari faol bosqichga o‘tdi. Mazkur saylov talabalarni universitet boshqaruvi tizimiga keng jalb etish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda liderlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Saylov jarayoni boshlanishida universitet rektori Muhsinjon Xolmuxamedov so‘z olib, bu kabi jarayonlarning talabalar hayotidagi o‘rni va roli xususida gapirdi.   Ovoz berish jarayoni ochiq, adolatli va shaffof tarzda tashkil qilingan bo‘lib, har bir saylovchi talaba o‘z hohish irodasiga ko‘ra, nomzodga ovoz bermoqda.

Ushbu saylovlar orqali universitetda talabalar o‘zini o‘zi boshqarish instituti yanada mustahkamlanishi va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi oshishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Galereya

Ulashish: