DIANA loyihasi doirasida tadbirkorlik va o‘qitish metodikalari bo‘yicha trening dasturi yakunlandi
DIANA loyihasi doirasida ishtirokchilar “Training of Trainers (ToT2): Entrepreneurship Fundamentals & Teaching Methodologies” nomli trening dasturining ikkinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladilar. Uch kun davom etgan dastur 2026-yil 28–30-sentabr kunlari onlayn formatda tashkil etildi.
Treningning asosiy maqsadi qishloq turizmi sohasida tadbirkorlik asoslari va zamonaviy o‘qitish metodikalarini rivojlantirishga qaratildi. Dastur davomida tadbirkorlik asoslari, strategik rejalashtirish, qishloq turizmida turistik mahsulot ishlab chiqish, moliyaviy rejalashtirish va moliyalashtirish, tadbirkorlikni o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish, marketing strategiyasi, raqamli kommunikatsiyalar, mijozlar tajribasi va onlayn obro‘ni boshqarish kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
Trening interaktiv shaklda tashkil etilib, ishtirokchilar muhokamalarda faol qatnashdilar, savollarga javob berdilar, o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda amaliy topshiriqlarni bajardilar.
Dastur ishtirokchilarga ta’lim jarayonida hamda qishloq turizmi sohasida barqaror tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy metodik yondashuvlar, amaliy bilim va raqamli vositalarnio‘zlashtirish imkonini berdi.