Pokiston Ta’lim Vaqf Jamg‘armasi delegatsiyasi universitetimizga tashrif buyurdi
2026-yil 16-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Pokiston Ta’lim Vaqf Jamg‘armasi (PAK-EEF) hamda Pokiston Federal ta’lim va kasbiy tayyorgarlik vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibidan PAK-EEF bosh ijrochi direktori Syeda Hajra Suhail, texnologiyalar bo‘yicha ijrochi direktor Mazhar Amir, jamg‘arma kotibi Murad Shuaib Khan hamda Pokiston Federal ta’lim va kasbiy tayyorgarlik vazirligi huzuridagi IBCC direktori Suhail Ahmed ishtirok etdi.
Tashrif doirasida universitetning Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori Dilmurod Nasimov hamda delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida universitet faoliyati va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot almashildi.
Shuningdek, tomonlar talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va madaniy loyihalarni amalga oshirish, akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, istiqbolli qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.