07.10.2026
1 daq o'qish
295
“Chorshanba — sport kuni” doirasida voleybol musobaqalari o‘tkazildi
Bugun, 7-oktyabr kuni, “Chorshanba — sport kuni” tashabbusi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi va o‘tkazildi.
Sport tadbirida talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan uchrashuvlar ishtirokchilarga mazmunli hordiq chiqarish bilan birga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham xizmat qildi.
Mazkur sport tadbirlari talaba-yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.