Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

15.07.2026 1 daq o'qish 99

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida universitetda tashkil etilgan "Gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursi"ning navbatdagi 6-guruh tinglovchilari 2026-yil fevral-may oylarida tashkil etilgan o'quv-mashg'ulotlarida 16 hafta davomida intensiv, mazmunli va sifatli ta’lim dasturini o‘zlashtirdilar. Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar, malakali gidlar hamda turizm sohasi mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy obyektlarda amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘ldilar. 6-guruh tinglovchilariga “Gid-ekskursovodlik” diplomlari hamda gidlik beyjiklari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, kurs tashkil etilganidan buyon o'z bilim va ko'nikmalarini shogirtlariga berib kelayotgan professor-o'qituvchilar ham tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ushbu muhim voqea nafaqat ularning mehnatiga berilgan yuksak baho, balki mamlakatimizda turizm sohasining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlod mutaxassislarining shakllanayotganidan dalolat beradi.

Galereya

Ulashish: