Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol musobaqasi o‘tkazildi

07.10.2026 1 daq o'qish 248

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stritbol musobaqasi o‘tkazildi

Universitetimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Olimpiada doirasida 7-oktabr kuni 1-bosqich guruhlari o‘rtasida stritbol musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuvlarda o‘g‘il bolalar va qizlar alohida guruhlarda ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar. Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviylik va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Galereya

Ulashish: