Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

UNIVERSITETIMIZDA “ERTA TURMUSH, QARINDOSHLAR O‘RTASIDAGI NIKOH VA AJRIMLARNING JAMIYATGA SALBIY TA’SIRI” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL QILINDI.

27.03.2025 1 daq o'qish 20

UNIVERSITETIMIZDA “ERTA TURMUSH, QARINDOSHLAR O‘RTASIDAGI NIKOH VA AJRIMLARNING JAMIYATGA SALBIY TA’SIRI” MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL QILINDI.

Bugun, 27-mart kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva, tyutor G.Xusainovalar hamkorligida talaba-qizlar o’rtasida “Erta turmush va ajrimlarning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Samarqand shahar Ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasi o’smir qizlar ginekolog shifokori Sh.Murodova va universitet shifokori S.Mustafakulovalar tomonidan talaba-qizlar o’rtasida “Erta nikoh, erta tug‘ruq hamda qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari”, “Qizlar gigiyenasi -salomatlik garovi”,“Oilada tibbiy madaniyatning o’rni” mavzularida ma’ruzalar qilishdi va mavzu yuzasidan yoshlarga zarur maslahatlar va tavsiyalar berdi.

Uchrashuvda mas’ullar tomonidan mavzuga doir videorolik namoyish etilib, talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

#xotin qizlar #psixolog
Ulashish: