Universitetda “Millat fidoyilari” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi
Universitetimiz “Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti v.b. N. Sultanova tomonidan talabalar uchun “Millat fidoyilari. Xotira va qadrlash” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifat darsi tashkil etildi.
Darsda har bir xalqning buyukligi – o‘z tarixini, fidoyilarini unutmasligida ekanligi alohida ta’kidlandi. Aynan shu tamoyil asosida O‘zbekistonda 9-may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanadi. Ma’rifat darsining asosiy maqsadi – yoshlarda Vatanga sadoqat, millat fidoyilariga hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat edi.
Dars davomida talabalar tarixiy va zamonaviy fidoyilar – xalq, Vatan, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan insonlar hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu uchrashuv yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda qadriyatlarga sodiqlik va fidoyilikka munosib hurmat ruhini tarbiyalashga xizmat qildi.