“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida xalqaro talabalar almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlov talabalarning xalqaro ta’lim muhitida bilim va ko‘nikmalarini oshirish, xorijiy tajriba orttirish hamda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilarning akademik ko‘rsatkichlari, xorijiy til bilish darajasi, shuningdek, motivatsiyasi va xalqaro faoliyatga tayyorgarligi baholandi. Xalqaro almashinuv dasturlari talabalarga xorijiy universitetlarda yangi o'quv yili davomida ta’lim olish, ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish, madaniyatlararo muloqot tajribasini oshirish hamda professional kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Universitetimiz talabalari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, shuningdek, yoshlarning global bilim va tajribaga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.