Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizga Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi Campus France loyihasi vakili va Samarqand Fransuz Alyansi direktori tashrif buyurdi

21.11.2025 1 daq o'qish 161

Universitetimizga Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi Campus France loyihasi vakili va Samarqand Fransuz Alyansi direktori tashrif buyurdi

Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniy hamkorlikni rivojlantirish doirasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi huzuridagi Campus France loyihasi vakili xonim Elis Mot va Samarqand Fransuz Alyansi direktori Marjolaine Le Gallo xonim universitetimizda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar universitetimiz rahabriyati va “Parlons français” to‘garagi talabalari bilan muloqot qildilar. Tadbir davomida Fransiyada ta’lim olish va amaliyot dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari, talabalar uchun mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Galereya

Ulashish: