2026-yilning 21-aprel sanasida Universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi hamda Uzmilliybank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi hamkorligida universitet startapchilari loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha suhbat tashkil etildi. Tadbirda Uzmilliybank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” sho‘basi menejeri Abdullaev Asliddin Bahodirovich tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, imtiyozli kreditlar ajratish va barqaror daromad manbalarini yaratish borasidagi imkoniyatlar batafsil tushuntirildi. Universitet magistratura bosqichi talabasi Farog‘at Olimjonovaga o‘z startap loyihasini rivojlantirish uchun bank tomonidan imtiyozli kredit ajratishga kelishib olindi.