Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Dual ta'limni rivojlantirish yo'lida yangi hamkorlik

03.07.2026 1 daq o'qish 94

Dual ta'limni rivojlantirish yo'lida yangi hamkorlik

Mehmonxona va servis yo‘nalishlari bo‘yicha dual ta’lim tizimini rivojlantirish hamda talabalar amaliyotini samarali tashkil etish maqsadida Reikartz mehmonxonalar tarmog‘i vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur hamkorlik doirasida mehmonxona va servis yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar amaliy mashg‘ulotlar hamda ishlab chiqarish amaliyotini O‘zbekiston bo‘ylab Reikartz tarmog‘i boshqaruvidagi mehmonxonalar va restoranlarda o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu hamkorlik dual ta’limning amaliy jihatlarini yanada mustahkamlash, talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni zamonaviy mehmondo‘stlik sanoati talablariga mos malakali mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.

Galereya

Ulashish: