Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi boʻyicha uchrashuv tashkil etildi

28.03.2025 1 daq o'qish 24

Bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi boʻyicha uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Yoshlar bilan uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 3 ta muhim hujjat imzolanganligi ma’lum qilindi. Ulardan biri “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bo‘lib, uning asosida “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oldiga aniq vazifalar belgilab berildi. Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Kelajakka qadam” markazi faoliyati bilan bitiruvchilarni “O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi mas’ul xodimi Shermuhammad G‘aniyev tomonidan yaqindan tanishtirildi. Ushbu markaz bitiruvchilarga ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va biznes loyihalarini amalga oshirishda ko‘mak berishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, tadbir davomida talabalarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilgan sharoitlar, biznes g‘oyalarga kredit ajratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusidagi rejalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Galereya

Ulashish: