O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mahalliy va xorijiy o‘qituvchilar hamda talabalarining “Qishloqda bir kun” loyihasi doirasida Urgut tumani Tersak turizm qishlog‘i hududiga amaliy sayohatni tashkil etildi.
Tersak turizm qishlog‘ida o‘tkazilgan bir kun mahalliy va xorijiy talabalarga qishloq hayotining haqiqiy ruhini his qilish imkonini berdi.
Tongni tabiiy qaymoq va asal choyi bilan boshlashdi, o‘zbek tandirida non yopildi va bo‘g‘irsoq tayyorlandi. Birgalikda milliy taomlar tayyorlab, ochiq osmon ostida dasturxon atrofida jam bo‘lib haqiqiy qishloq hayotini his qilish imkoniyati yaratildi. Tersak tog‘larining betakror tabiat manzaralari sof tog‘ havosidan bahramand bo‘lindi.
Ushbu loyiha Urgut tumani Tersak turizm qishlog‘ining turizm salohiyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.