Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

30.09.2026 1 daq o'qish 198

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar doirasida ayollar o‘rtasida shashka, erkaklar o‘rtasida esa stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Shashka musobaqasi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — Xotin-qizlar kengashi raisi Abbasova Muhayyo

🥈 2-o‘rin — Tarix va madaniy meros kafedrasi o‘qituvchisi Abdug‘afforova Mohinur

🥉 3-o‘rin — Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi Sultanova Nigina

Stol tennisi musobaqasi g‘oliblari:

🥇 1-o‘rin — Reja-moliya bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sayfullayev Umid

🥈 2-o‘rin — tyutor Nurmatov Shoxrux

🥉 3-o‘rin — Global ta’lim bo‘limi yetakchi mutaxassisi Abduxaliov Akbar

G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqalar universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash hamda bayram kayfiyatini ulashishga xizmat qildi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz!

Galereya

Ulashish: