Hurmatli tadqiqotchilar, yosh olimlar va mutaxassislar!
Sizni 2026-yil 14-15-may kunlari "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo'lib o'tadigan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
Konferensiya maqsadi:
Ipak yo'li hududlarida madaniy meros va tabiiy muhit o'zaro bog'liqligini ilmiy asosda o'rganish, ekologik muammolarni tahlil qilish va an'analar orqali tabiatni asrash tajribasini o'rganish.
Asosiy yo'nalishlar:
Ipak yo'li madaniy merosi va ekologik tafakkur integratsiyasi
Barqaror rivojlanish, ekoturizm va madaniy turizm
Ekologik ta'lim, innovatsiyalar va texnologiyalar
Madaniy diplomatiya va ekologik hamkorlik
Ishtirok shakli: onlayn va oflayn
Rasmiy tillar: o‘zbek, ingliz, rus
Muhim sana: maqolalar 2026-yil 10-maygacha qabul qilinadi.
Ishtiroki to‘lovi:
Mahalliy ishtirokchilar: 180 000 so‘m
Xorijiy mualliflar: bepul
Talablar:
Maqola hajmi: 3–6 bet
Shrift: Times New Roman, 12 o‘lcham, interval 1.15
Hoshiyalar: chap 3 sm, o‘ng 1.5 sm, yuqori/past 2 sm
Annotatsiya va kalit so‘zlar 3 tilda (o‘zbek, ingliz, rus)
Indeksatsiya:
Maqolalar Index Copernicus, Zenodo, OpenAIRE va Google Scholar’da indekslanadi. Har bir maqolaga DOI raqami beriladi.
Maqolalar qabul qiluvchi:
Ollamurodova Feruza – Telegram: @Science_maqola24
Telefon: +998 93 354 96 54
Manzil:
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, "Tarix va madaniy meros" kafedrasi
Namunaviy rasmiylashtirish:
MAQOLA NOMI
Ism Familiyasi – lavozim, universitet nomi
Annotatsiya: matn...
Kalit so‘zlar: matn...
Asosiy matn...
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
...
Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolangizni belgilangan muddatda yuboring!