Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Xitoy tili darajasini aniqlash bo‘yicha HSK imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish e’loni 📢 2025-yil 19-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutida Xitoy tili bo‘yicha HSK imtihoni o‘tkaziladi.

04.09.2025

Xitoy tili darajasini aniqlash bo‘yicha HSK imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish e’loni 📢 2025-yil 19-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutida Xitoy tili bo‘yicha HSK imtihoni o‘tkaziladi.

🧷 Imtihon darajalari:
HSK 2, HSK 3, HSK 4, HSK 5
HSKK boshlang‘ich (初), o‘rta (中), yuqori (高) bosqichlari

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 20-sentabrgacha
📝 Ro‘yxatdan o‘tish usuli: faqat oflayn tarzda

Nomzodlar Konfutsiy institutiga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etishlari va oflayn ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

📍 Manzil: Samarqand shahri, Bustonsaroy ko‘chasi, 93-uy (Bulvar hududi)
🕘 Ro‘yxatdan o‘tish vaqti: Dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 18:00 gacha

📞 Bog‘lanish uchun mas’ul shaxs:
Bobonorov Abdurauf
Telefon/Telegram: +998 98 111 13 88

🗂 Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport, ID karta yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma)

  2. Elektron fotosurat (so‘nggi 6 oy ichida olingan, rasmiy formatda, oq fonda, aniq yuz ifodasi bilan; bosh kiyim, quyosh ko‘zoynagi va boshqa aksessuarlar ruxsat etilmaydi – diniy sabablardan tashqari. JPG formatda, hajmi 15KB dan 500KB gacha)

  3. Amaldagi telefon raqami va elektron pochta manzili

  4. Imtihon to‘lovi

📩 Qo‘shimcha savollar yuzasidan Konfutsiy institutining qabul komissiyasiga ish vaqtlarida murojaat qilishingiz mumkin.
Mas’ul shaxs: Bobonorov Abdurauf
Telefon/Telegram: +998 98 111 13 88