Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

E’LON

11.09.2026

E’LON

TALABALAR ALMASHINUVI DASTURIGA QABUL

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorlik shartnomasi doirasida talabalarni Gruziyaning Tbilisi shahrida joylashgan Caucasus universitetida 2027-yil bahorgi semestrida tahsil olish imkonini beruvchi talabalar almashinuvi dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi.

Mazkur dastur xalqaro akademik tajriba orttirish, xorijiy ta’lim muhitida tahsil olish hamda Gruziyaning madaniy va akademik hayoti bilan yaqindan tanishish istagidagi talabalar uchun muhim imkoniyatdir.

Hujjatlarni topshirishning so‘nggi muddati:
2026-yil 20-oktabr

Dasturda ishtirok etish istagidagi talabalar belgilangan muddatga qadar Global ta’lim bo‘limi yoki o‘z tyutorlariga murojaat qilib, talab etiladigan hujjatlarni taqdim etishlari lozim.

Almashinuv dasturi haqida batafsil ma’lumotni Caucasus universiteti rasmiy veb-saytidagi «Bilateral Exchange Students» bo‘limidan olish mumkin.