Dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 30-oktabr kuni soat 18:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Seminarda universitet tayanch doktoranti Kalandarov Jalol Abdujalilovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Hududlarda sport turizmini rivojlantirish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.
Dissertatsiya ishida hududlarda sport turizmini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, uning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda Samarqand viloyatining mavjud salohiyatidan samarali foydalanish masalalari tadqiq etilgan.
Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar hamda mazkur yo‘nalishga qiziquvchi mutaxassislarni ilmiy seminarda ishtirok etishga taklif etamiz.
Sana: 2026-yil 30-oktabr
Vaqt: 18:00.
Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti UN Tematik ofisi.
Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy.