GID-EKSKURSOVODLARNI TAYYORLASH KURSINING 8-GURUH TINGLOVCHILARI UCHUN BUXORO VA XORAZM VILOYATLARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILDI
Universitet qoshida tashkil etilgan gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining 8-guruh tinglovchilari uchun Buxoro va Xorazm viloyatlarida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, tarixiy-madaniy meros obyektlarida o‘zlarini gid sifatida sinab ko‘rish hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Amaliy darslar davomida fan o‘qituvchilari va tajribali professional gidlar tomonidan tinglovchilarga gidlik kasbining muhim jihatlari, ekskursiyalarni samarali tashkil etish va olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tushuntirildi.
Xususan, tarixiy va madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish tartibi, turistlar guruhini obyektga olib kirish qoidalari, ekskursiyani to‘g‘ri boshlash, ma’lumotlarni izchil va tushunarli tarzda yetkazish hamda ekskursiyani yakunlash tartiblariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ekskursiya davomida turistlar bilan samarali muloqot qilish, ularning ko‘p uchraydigan savollariga aniq va asosli javob berish, kutilmagan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda guruhni boshqarish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun: Ayni vaqtda universitet qoshida tashkil etilgan gid-ekskursovodlarni tayyorlash kursining navbatdagi guruhi uchun tinglovchilar ro‘yxatini shakllantirish ishlari olib borilmoqda.
Gid-ekskursovodlik kasbini egallash istagida bo‘lgan fuqarolar universitetning HoReCa bo‘limi, 100-xonaga yoki https://t.me/dilmurod_xushvaktov telegram manziliga murojaat qilishlari mumkin.