YUNESKO/Polsha Hukumatining muhandislik va arxeologiya sohasidagi 2025-2026-yillar uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilindi. Tanlab olinadigan nomzodlar Polsha Respublikasida 6 oy davomida quyidagi sohalar boʻyicha oʻqib, malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar:
- Kompyuter texnologiyalari (3 ta loyiha);
- Biotibbiyot muhandisligi (2 ta loyiha);
- Tuproqshunoslik va atrof-muhit (9 ta loyiha);
- Atrof-muhit muhandisligi, konchilik va energiya (5 ta loyiha);
- Material ishlab chiqarish muhandisligi (1 ta loyiha);
- Mexanika muhandisligi (9 ta loyiha);
- Arxeologiya va konservatsiya (7 ta loyiha);
- Sotsiologiya fanlari (1 ta loyiha).
Mazkur stipendiyalar uchun tanlov ochiq tarzda oʻtkaziladi. Har bir a’zo-davlat ushbu stipendiyalar tanloviga 2 nafar nomzod tavsiya etishi mumkin.
Loyihalar 2025-yilning 2-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot: info@unesco.uz. Universitet binosi №322 auditoriya