Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida 2025-yil 5-6-iyun kunlari tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy tadbir o'tkazish reja qilingan. Mazkur tadbir oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida "Ekonometrika va statistika" (08.00.06) hamda "Menejment" (08.00.13) ixtisosliklari bo'yicha ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarini jamlash, ularning ilmiy va professional rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbir doirasida tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar o'z ilmiy tadqiqotlari natijalarini taqdimot shaklida namoyish etadilar.
Batafsil ma’lumot: +998 71 238 74 15 (Nilufar Rashitova)
E-mail: nrashitova@wiut.uz