“Ilmiy loyihalarda ishtirok etish va g‘olib bo‘lish jarayonlari” mavzusida seminar-trening
Hurmatli talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar!
Sizlarni yuqorida nomi ko‘rsatilgan seminar-treningda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ushbu seminar davomida quyidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz:
ilmiy loyihalar va grant dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari;
loyiha g‘oyasini shakllantirish va asoslash;
kuchli va raqobatbardosh loyiha taklifini tayyorlash;
xalqaro va milliy grant tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish strategiyalari;
baholash mezonlari va ekspertlar talablari;
real misollar va amaliy tavsiyalar.
Seminar maqsadi – yosh tadqiqotchilarning ilmiy loyihalardagi faolligini oshirish va grant yutish salohiyatini kuchaytirish.
Spiker:
Akmaljon Odilov
Sana: 22-aprel, 2026-yil
Vaqt: 15:00
Manzil: 203-xona
Seminarda qatnashish orqali ilmiy faoliyatingizda yangi bosqichga ko‘tarilishingiz mumkin!