Yozma va og'zaki tarjima tadqiqotlari kafedrasi talabalarni 2026-yil 1-may kuni bo'lib o'tadigan she'riyat tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.
Tanlovdan ko'zlangan maqsad — talabalarning ijodiy salohiyatini ochib berish, she'riyat mahoratini va she'riyat san'atiga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish.
Ishtirok etish shartlari:
Universitetning barcha kurs va yo'nalish talabalari ishtirok etishlari mumkin
Ishtirokchilar mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarini taqdim etishlari lozim.
Asarlar ingliz, rus, xitoy, koreys tillarida taqdim etilishi mumkin.
O'tkazilish sanasi: 1-may
O'tkazilish joyi: Faollar zali
Tanlov g'oliblari sertifikat bilan taqdirlanadi
Ishtirok etish uchun 210-xonaga murojaat qilish zarur.
O'zingizni namoyon etish va ijodingizni ulashish imkoniyatini boy bermang!