Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar! Sizlarni “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz. Anjuman 2026-yil 30-mart kuni soat 15.00 da 230-xonada tashkillashtirilmoqda. Mazkur anjumanning asosiy maqsadi — globallashuv jarayonlari ta’sirida yoshlar ma’naviyatida yuz berayotgan o‘zgarishlarni ilmiy asosda tahlil qilish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni rivojlantirish yo‘llarini muhokama etishdan iborat.
Batafsil ma’lumot: +998 66 240 67 85